AsosiyDunyo

Turkiyada harbiy samolyot halokatga uchradi

'Turkiyada harbiy samolyot halokatga uchradi'ning rasmi

Turkiyada harbiy samolyot halokatga uchradi. Bu haqida zamon.uz xabar bermoqda.

Holat 4 iyun kuni Kayseri shahrida yuz bergan. O`quv harbiy samolyoti 12-havo transporti bazasidan yo`lga chiqib, parvozdan so`ng noma`lum sababga ko`ra qulab tushgan.

Nazoratni yo`qotgan samolyot qishloq xo`jaligi dalasiga kelib tushgan. Shundan so`ng portlash yuz berib, uchuvchilar halok bo`lgan.

Hozirda hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan. Baxtsiz hodisa sabablarini aniqlash uchun parchalanib ketgan samolyotning qismlarini to`plashga kirishilgan.

    Boshqa yangiliklar