AsosiyJamiyat

Ta`til vaqtida o`qituvchi ishga kelmasa bo`laveradimi?‌

'Ta`til vaqtida o`qituvchi ishga kelmasa bo`laveradimi?‌'ning rasmi

Ma`lum qilinishicha, Mehnat kodeksining 114-moddasiga ko`ra, xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o`z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo`lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.

MKning 125-moddasiga ko`ra ish beruvchi har bir xodimning haqiqatda ishlagan ish vaqtini o`z vaqtida aniq hisobga olib borishi shart. Pedagog xodimlarning ish vaqti ular tomonidan bajarilgan pedagogik yuklamaga muvofiq hisoblab chiqariladi. 

O`qituvchining pedagogik yuklamasining bajarilishini hisobga olish har kuni ishga kelish va ketish jurnali orqali yuritiladi hamda har oylik ish vaqtini hisobga olish tabelida aks ettirilib, unda amalda bajarilgan o`quv soatlari (dars soati soni), pedagogik ish soatlari, barcha bajarilgan soatlar, ya`ni jami o`quv va pedagogik soatlar yig`indisi ko`rsatiladi.

Maktabda darslar bo`lmagan vaqtlarda xodimlar pedagogik yuklamasida belgilab berilgan ishlarni amalga oshiradi yoki maktab ma`muriyati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi. Amaldagi Mehnat kodeksining 154-moddasiga muvofiq ish beruvchi xodimga haqiqatda bajargan ishi uchun maosh to`laydi. Bajarilmagan ish uchun esa ish haqi to`lanmaydi. 

Bunday holatlar amaldagi qonunchilik doirasida ta`lim muassasasi kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda rasmiylashtiriladi. Xodim ish joyiga kelmagan taqdirda tabelga kiritilmaydi va haq to`lanmaydi.

Agar maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida xodimning ish joyiga kechikib kelishi yoki ish joyiga sababsiz ravishda kelmasligi xodimning o`z mehnat vazifalarini bir marta qo`pol ravishda buzishlar ro`yhatiga kiritilgan bo`lsa, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi ham mumkin.

 

 

    Boshqa yangiliklar