AsosiyJamiyat

Ilk bor O`zbekistonning 2 ta oliygohi dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan o`rin egalladi

'Ilk bor O`zbekistonning 2 ta oliygohi dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan o`rin egalladi'ning rasmi

Bugun, 5 iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – “QS World University Rankings-2025” natijalarini e`lon qildi.

Reytingdan birinchi marta O`zbekistonning birvarakayiga ikki oliy ta`lim muassasasi – “Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 547-o`rin hamda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston milliy universiteti 781–790-o`rin bilan munosib joy egalladi.

 Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” ko`rsatkichi bo`yicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy o`quv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirdi.

O`zbekiston milliy universiteti “Chet ellik o`qituvchilar ulushi” ko`rsatkichi bo`yicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universitetlari qatorida bo`lib, Markaziy Osiyo oliy o`quv yurtlari orasida ikkinchi o`rinni qayd etdi.

 

    Boshqa yangiliklar