AsosiyJamiyat

Toshkentda o`qituvchi pora bilan qo`lga olindi

'Toshkentda o`qituvchi pora bilan qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkentda o`qituvchi maktabda yuqori lavozimga ishga o`tkazish evaziga 200 dollar pora oldi. Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Sergeli tuman sudida ko`rib chiqilgan. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Matbuot xizmati xabar  qildi. 

Ma`lum qilinishicha, 2024 yilning yanvar oyida Sergeli tumanidagi maktablarning birida faoliyat olib borayotgan ayol o`zi ishlayotgan maktabga yuqori lavozimga ishga o`tkazib qo`yish uchun fuqarodan 200 dollar olgan.

“Shuncha yillik pedagoglik faoliyatimda bu kabi holat birinchi marta yuz berayotgani, o`zim tushunmagan holda aralashib qolganimni e`tiborga olishlaringizni so`rayman. Hech qachon bunday bo`lmagan, bu birinchi va oxirgisi. Ming afsusdaman, sizlardan uzr so`rayman», — deydi pora olgan o`qituvchi.  

Unga ko`ra, ayblanuvchi JKning 59 va 61-moddalari bilan aybli deb topilib, 1 yil muddatga davlat ta`lim muassasalarining rahbarlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi hamda 2 yil 1 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar