Fevral oyida Kononenko orbitada umumiy qolish rekordini yangilagandi. O`shanda u koinotda jami 878 kun bo`lgan va boshqa rossiyalik kosmonavt Gennadiy Padalkaning natijasini ortda qoldirgan. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Ma`lumot uchun, Oleg Kononenko 1964 yil 21 iyunda Turkmanistonning Chardjou shahrida tug`ilgan. U 1996–1998 yillarda Gagarin nomidagi Kosmonavtlarni tayyorlash markazida umumiy kosmik tayyorgarlikdan o`tgan.
Kononenko o`zining birinchi kosmik parvozini 2008 yilda, ikkinchisini 2011-2012 yillarda, uchinchi va to`rtinchisini 2015 va 2018-2019 yillarda amalga oshirgan.
U 2016 yildan beri Rossiya kosmonavtlar otryadini boshqarib keladi.






