AsosiyJamiyat

Samarqandda Kamaz ona va uning ikki bolasini bosib ketdi

'Samarqandda Kamaz ona va uning ikki bolasini bosib ketdi'ning rasmi

Nurobod tumanida ayanchli YTH sodir bo`ldi. Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi hodisa bo`yicha ma`lumot berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 2024 yil 4 iyun kuni soat 16:30 larda Nurobod tumani “Mehnatkash” mahallasi hududidan o`tuvchi “Samarqand-G`o`zor” A-378 avtomobil yo`lining 35-kilometrida haydovchi 1999 yilda tug`ilgan P.Yo. o`zining boshqaruvida bo`lgan “Kamaz-53212” rusumli yuk avtomashinasida harakatlanib borishi davomida, piyodalar o`tish yo`lakchasidan o`tayotgan J.F. va uning 2 nafar voyaga etmagan farzandlarini urib yuborib yo`l-transport hodisasini sodir qilgan.

Natijada 2 nafar voyaga etmaganlar olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan.

Ularning onasi Samarqand tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, haydovchi jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, himoya huquqi bilan ta`minlanib, O`zbekiston Respublikasi JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

        

 

    Boshqa yangiliklar