Mexiko shtatining 59 yoshli fuqarosi parranda grippiga chalingani aniqlandi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Bu insonda ushbu virus bilan kasallanishning birinchi holati.
17 aprel kuni erkakda isitma, nafas qisilishi, diareya, ko`ngil aynishi va umumiy bezovtalik paydo bo`lgan. 24 aprel kuni bemor shifokorlarga murojaat qilgan, shundan so`ng u og`ir asoratlar tufayli vafot etgan.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti viruslar Meksikada parranda go`shtidan topilganini qayd etdi. Mutaxassislar mavjud ma`lumotlarni tahlil qilib, aholining parranda grippi bilan kasallanish xavfini past deb baholagan.






