O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi doirasida oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri Qo`ng`irotboy Sharipovni Turkiya oliy ta`lim Kengashi raisi Erol O`zvar qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yo`nalishlari xususida fikr almashildi.
Turkiya oliy ta`lim Kengashi prezidenti Erol O`zvar o`zbekistonlik talabalar uchun Turkiya universitetlarining doktorantura bosqichida tahsil olishga stipendiyalar ajratilishi shu yildan yo`lga qo`yilishini ma`lum qildi.






