Toshkent shahrida 5-15 iyun kunlari shaxmat bo`yicha “UzChess Cup” xalqaro turniri bo`lib o`tadi. Unda jahonning ekstroklassdagi 10 nafar etakchi shaxmatchisi ishtirok etadi.
Umumiy sovrin jamg`armasi 166 ming AQSh dollaridan iborat bo`lgan musobaqa uchta guruhda o`tkaziladi:
⁃ “Masters” guruhi FIDE reytingi 2700 va undan yuqori bo`lgan shaxmatchilar;
⁃ “Challengers” guruhi FIDE reytingi 2600 va undan yuqori bo`lgan shaxmatchilar;
⁃ “Futures” guruhi FIDE reytingi 2500 va undan yuqori bo`lgan shaxmatchilar o`rtasida.
Turnirni Yoshlar ishlari agentligining “Kitob olami” do`koniga borish orqali jonli tomosha qilish yoki “UzChess” YouTube kanalida onlayn kuzatib borish mumkin.
06.06.2024 20:59
Toshkentda “UzChess Cup” xalqaro shaxmat musobaqasi bo`lib o`tmoqda
