AsosiyJamiyat

Tog`li hududlarda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Tog`li hududlarda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun va dam olish kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha havo asosan biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat ayrim tog` oldi va tog`li hududlarda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Harorat kechalari 18-23 daraja, kunduzi 7 iyunda 32-37 daraja, 8-9 iyunda 34-39 daraja bo`ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda: havo asosan biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-22 daraja , kunduzi 7 iyunda 34-36 daraja, 8-9 iyunda 35-38 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar