AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda Cobalt jarlikka tushib ketdi

'Qoraqalpog`istonda Cobalt jarlikka tushib ketdi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi To`rtko`l tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasida haydovchi halok bo`lgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 31 yoshli haydovchi Cobalt mashinasi bilan To`rtko`l tumanidan o`tuvchi 4R-182 avtomobil yo`lida katta tezlikda harakatlanayotib, boshqaruvni yo`qotgan va yo`l chetiga chiqib ketib, pastlikka ag`darilgan.

YTH oqibatida haydovchi og`ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan To`rtko`l tumani IIB tergov bo`limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar