Qurbon hayiti kuni, ya`ni hijriy taqvim bo`yicha zulhijja oyining o`ninchi sanasi, joriy yilda 16 iyun yoki 17 iyunga to`g`ri kelishi kutilmoqda.
Shunga ko`ra, O`zbekistonda olti kunlik ish rejimida ishlovchilar 3 kun, besh kunlik ish rejimida ishlovchilar 4 kun dam oladi. Qaysi kunga to`g`ri kelishining ahamiyati yo`q.
Hayit 16 iyunga to`g`ri kelsa, dam olish kunlari quyidagicha bo`ladi:
- 15 iyun, shanba — 5 kunliklar uchun dam olish, 6 kunliklar uchun ish kuni;
- 16 iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;
- 17 iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to`g`ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko`chiriladi);
- 18 iyun, seshanba — barcha uchun qo`shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023 yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).
Ma`lumot uchun, iyun oyida ya`ni Qurbon hayiti (Iyd al-Adha)da qo`shimcha dam olish kuni belgilangan. Prezidentning 2023 yil 22 dekabrdagi PF-213-son Farmoniga ko`ra, barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat`i nazar) 2024 yil 18 iyun — seshanba qo`shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Eslatib o`tamiz, Qurbon hayiti bayramining aniq sanasi yangi oy chiqishiga qarab, O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi qaroriga asosan bayramdan 10 kun oldin rasman e`lon qilinadi.
Agar Qurbon hayiti 16 iyun — yakshanbaga to`g`ri kelgan taqdirda ham, 17 iyun — dushanba dam olish kuni bo`ladi. Chunki agar Qurbon hayitining birinchi kuni yakshanba — dam olish kuniga to`g`ri kelgan taqdirda, MK 208-moddasiga ko`ra dam olish kuni mos ravishda 17 iyun — dushanba kuniga ko`chiriladi.
Ya`ni Qurbon hayiti 16 iyun — yakshanbaga to`g`ri kelgan taqdirda ham 17 iyun — barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo`ladi.
18 iyun — seshanba, barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat`i nazar) qo`shimcha dam olish kuni.