AsosiyJamiyat

Investisiyalar vaziriga o`rinbosarlar tayinlandi

'Investisiyalar vaziriga o`rinbosarlar tayinlandi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Shoxrux Gulamov hamda Akram Aliev investisiyalar, sanoat va savdo vaziriga o`rinbosar vazifasini bajaruvchilar etib tayinlandi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi Behzod Hidoyatov ma`lum qildi.

Shoxrux Xasanovich Gulamov (1990 yilda tug`ilgan) tayinlovga qadar mazkur vazirlikning xalqaro hamkorlik departamenti boshlig`i lavozimida ishlab kelgan. U, shuningdek, MDH Iqtisodiy kengashi huzuridagi Iqtisodiy masalalar bo`yicha komissiyada O`zbekistonning vakolatli vakili sifatida ham ishlagan.

Akram Zairovich Aliev (1991 yilda tug`ilgan) esa vazirlik departamenti direktori lavozimida ishlagan.

 

    Boshqa yangiliklar