Qarorga muvofiq,Kinematografiya agentligiga mahalliy va xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik (co-production) asosida “Tirik tarix” dasturi doirasidagi filmlarni yaratishga ruxsat berildi.
Shuningdek, “Kinochilar uyi” “O`zbekiston Milliy kino san`ati saroyi” deb qayta nomlandi.
O`zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi qoshida kinematografiya sohasi uchun o`rta maxsus mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maktabi (kinomaktab) tashkil qilinadi.
Respublikadagi oliy va o`rta-maxsus ta`lim muassasalarida, o`rta maktablarda kinolektoriylar, tuman (shahar)larda joylashgan madaniyat markazlarida milliy filmlarning bepul namoyishlari tashkil etiladi.
Bunda, ushbu namoyishlar Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi huzuridagi axborot-multimedia striming platformasi (uzbekkino.uz) orqali amalga oshiriladi.






