AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Butunjahon salomatlik kuni“ nishonlandi

'O`zbekistonda “Butunjahon salomatlik kuni“ nishonlandi'ning rasmi

O`zbekistonda “Global Welness Day” (“Butunjahon salomatlik kuni”)ning 13-yillik bayrami bo`lib o`tdi.

Tadbirda BMTning O`zbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori Sabina Mahl, “Global Welness Day” elchisi Nodira Korju va ekologiya faollari, sport muxlislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Bu yilgi mavzu - #MagentaNature insoniyat va tabiiy dunyo o`rtasidagi chuqur bog`liqlikka, ma`naviy va jismoniy farovonlikka yaxlit yondashuvni ilgari surishga qaratilgan.

Tadbirda yoga va, shuningdek, daraxtlarga mehr ko`rsatishga qaratilgan mashg`ulotlar tashkil etildi. Ishtirokchilar toza havo va go`zal tabiat qo`ynida sevimli mashg`ulotlaridan bahramand bo`lish imkoniga ega bo`ldilar. Bundan tashqari, ovqatlanishni baholash, Tibet idishi bilan meditasiya, kattalar va bolalar uchun sog`lom turmush tarzi bo`yicha seminarlar, o`yinlar va eko viktorinalar ham o`tkazildi.

Iyun oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadigan “Global Welness Day” aholining sog`lom va muvozanatli turmush tarzining ahamiyati haqida xabardorligini oshirishga qaratilgan. “Bir kun butun hayotingizni o`zgartirishi mumkin” mavzusidagi tadbir butun dunyo bo`ylab insonlarni ijobiy odatlarni qabul qilishga va ularning jismoniy, ruhiy va hissiy farovonligi haqida qayg`urishga undaydi.

2023 yilda O`zbekiston ushbu global salomatlik harakatiga qo`shildi. Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida joylashgan “Green Hills Resort” dam olish maskanida bu yil ikkinchi marta “Global Welness Day” nishonlandi.

    Boshqa yangiliklar