AsosiyJamiyat

O`zbekistonda haftaning birinchi yarmida kuchli issiq kuzatiladi

'O`zbekistonda haftaning birinchi yarmida kuchli issiq kuzatiladi'ning rasmi

O`zgidromet xabariga ko`ra, ushbu ish haftasi davomida O`zbekiston hududi bo`yicha havo asosan kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat respublikaning ayrim tog`li hududlarida kechga tomon mahalliy xususiyatga ega bo`lgan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Haftaning birinchi yarmida havo biroz issiq bo`ladi, kunduz kunlari harorat 36-39 daraja atrofida, cho`l hududlarda va respublika janubida ba`zi joylarda 40-41 darajagacha bo`lishi kutilmoqda. Bunday harorat iyun oyi iqlimiy me`yoridan 1-2 darajaga yuqoridir.

Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati kunduz kunlari 32-35 darajagacha, janubda 36-39 darajagacha biroz pasayishi kutilmoqda.

Sharqiy yo`nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chag-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda: havo asosan biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12 iyunda 35-38 daraja, 13-14 iyunda 32-35 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar