Ijtimoiy tarmoqlarda “Asakada gazvodaning kislorod baloni yorilib ketti” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Andijon viloyati FVB holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Unda aytilishicha, videodagi voqea 30 may kuni Asaka tumani “Kamolot MFY” Marg`uloniy ko`chasida sodir bo`lgan. 25 yoshli E.K. gazlangan ichimlik suvi sotish bilan shug`ullanayotgan vaqtida kislorod balloni yorilib ketgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda tadbirkor bilan texnika xavfsizligi qoidalari bo`yicha qo`shimcha yo`riqnomadan o`tkazildi va hodisa omillari o`rganilmoqda.






