Ozarbayjon janubida ikki chegarachi yashin urishi oqibatida halok bo`ldi, deb xabar berdi mamlakat davlat chegara xizmati. Hodisa 9 iyun kuni ertalab sodir bo`lgan.
“Rahbariyat halok bo`lgan harbiy xizmatchilarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi va ularga sabr tilaydi”, — deyiladi xabarda. Departament tergovni boshladi.






