“Navbahor-Nurota” yo`lida bir yo`nalishda harakatlanib borayotgan Damas mashinasini quvib o`tmoqchi bo`lgan Gentra qarama-qarshi tomondan kelayotgan Onix bilan to`qnashgan.
Buning oqibatida Onix’da bo`lgan bir oilaning 5 a`zosi hamda Gentra’da bo`lgan erkak voqea joyida vafot etgan.
Navoiyda bir necha insonning o`limi bilan bog`liq dahshatli YTH sodir bo`ldi.
Manbaga ko`ra YTH 9 iyun kuni soat 15:00 lar atrofida “Navbahor-Nurota” yo`lida sodir bo`lgan. Ushbu yo`lda harakatlanib borayotgan Gentra haydovchisi o`zi bilan bir yo`nalishda ketayotgan Damas mashinasini quvib o`tmoqchi bo`lganda qarama-qarshi tomondan kelayotgan Onix bilan to`qnashgan.
YTH oqibatida Onix mashinasida ketayotgan bir oilaning 5 a`zosi, ya`ni 36 yoshli erkak, uning 58 yoshli onasi, turmush o`rtog`i, 2 yoshli o`g`li hamda 2 oylik qizi, shuningdek, Gentra haydovchi bo`lgan erkak vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






