6 iyun kuni Qozog`istonning Olmaota shahrida (Qozog`iston) “Nelegal-2024” reyd tadbirlari davomida 27 nafar O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O`zbekiston bosh konsulxonasi ma`lumotiga ko`ra, ular noqonuniy ishlagani va Qozog`istonda bo`lib turish qoidalarini buzganlikda gumon qilinib ushlangan. Mazkur holat bo`yicha Olmaota shahridagi bosh konsulxona tomonidan vakolatli organlarga tegishli so`rov yuborilgan.
Xususan, shahar polisiyasi bilan aloqa o`rnatilib, konsullik tomonidan kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Shundan so`ng, 10 iyun kuni fuqarolar o`z ish joylariga qaytarilgan.
Ulardan 4 nafariga mehnat migrasiyasi sohasi bo`yicha qonunchilikni buzgani uchun sud tomonidan ma`muriy javobgarlik tayinlangan, deyiladi xabarda.






