AsosiyDunyo

AQSh chegarachilariga O`zbekistondan kelgan noqonuniy migrantlarni deportasiya qilish buyurildi

'AQSh chegarachilariga O`zbekistondan kelgan noqonuniy migrantlarni deportasiya qilish buyurildi'ning rasmi

AQShning Kaliforniya shtati chegarachilari sobiq SSSRning bir qancha davlatlaridan kelgan noqonuniy muhojirlarni zudlik bilan deportasiya qilishga buyruq oldi. Gap Gruziya, Moldova, Qirg`iziston, Rossiya, Tojikiston va O`zbekiston fuqarolari haqida ketmoqda. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Qayd etilishicha, tegishli buyruq voyaga etgan migrantlarga aloqador. 100 dan ortiq mamlakatlarni o`z ichiga olgan sharqiy yarim shardagi boshqa davlatlardan kelgan migrantlarga esa ularning ishlari ko`rib chiqilguncha AQShda qolishga ruxsat beriladi. Chegarachilar tomonidan qabul qilingan buyruq chegaraning San-Diego shahri yaqinidagi qismiga tegishli. Bu hudud sharqiy yarim shardagi davlatlardan kelgan noqonuniy muhojirlarning asosiy qismini tashkil etadi.

QShda noqonuniy muhojirlar sonining ortib borayotgani 2024 yil noyabrida bo`lib o`tadigan prezidentlik saylovlarida sobiq prezident Donald Tramp va Oq uyning amaldagi rahbari o`rtasidagi qarama-qarshilikning asosiy nuqtalaridan biri hisoblanadi. Tramp Baydenni “ochiq chegara siyosati” uchun tanqid qilgan va agar davlat rahbari etib saylansa, Amerika tarixidagi eng yirik ichki deportasiya operasiyasini boshlashga va`da bergan.

Bayden prezidentligi davrida Meksika bilan chegaradan noqonuniy ravishda mamlakatga kirgan muhojirlar soni rekord darajaga etgan. 2023 yilda AQSh janubiy chegarasini 2,4 milliondan ortiq odam kesib o`tgan.

"Eslatib o`tamiz", AQShda Meksikadan chegarani noqonuniy kesib o`tgan muhojirlarga boshpana berishga vaqtinchalik taqiq kuchga kirgan. Yangi qoidalar Amerika rasmiylariga Qo`shma Shtatlarda bo`lish uchun qonuniy asosga ega bo`lmagan shaxslarni tezroq chiqarib yuborish imkonini beradi.

    Boshqa yangiliklar