AsosiyDunyo

Turkmaniston birinchi xonimi ilk bor ko`rinish berdi

'Turkmaniston birinchi xonimi ilk bor ko`rinish berdi'ning rasmi

Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Serdar Berdimuhammedovning turmush o`rtog`i Ogulgerek Berdimuhamedova ommaga ko`rinish berdi. 

Serdar Berdimuhammedov ayni paytda Turkmanistonda bo`lib turgan Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol va uning rafiqasiga alabay itlarini sovg`a qilgan. Shundan so`ng prezidentlar va ularning rafiqalari birgalikda suratga tushishgan.

Ogulgerek Berdimuhamedova shu paytgacha biron marta, saylovlarda, tadbirlarda va prezidentning xalqaro tashriflarida ham ko`rinish bermagandi.

Uning qaynonasi, ya`ni Turkmanistonning Birinchi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning rafiqasi katta Ogulgerek Berdimuhamedova ham xuddi shunday kam ko`rinish bergan. Uzoq yillar davomida omma uchun o`z suratini e`lon qilishdan qochib kelgan birinchi xonimning surati ilk bor 2021 yilda e`lon qilingandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar