AsosiyJamiyat

“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishoni sovrindorlarga topshirildi

'“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishoni sovrindorlarga topshirildi'ning rasmi

13 iyun kuni Inson huquqlari bo`yicha IV Samarqand forumi doirasida «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko`krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi o`tkazildi.  Bu haqda Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati 
 

Tantanali tadbirni Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov kirish so`zi bilan ochdi.

​Keyingi yillarda «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko`krak nishonining chet ellik sovrindorlarini Inson huquqlari bo`yicha Samarqand forumi doirasida taqdirlash an`anaga aylandi. Joriy yilda quyidagi xorijiy hamkorlar:

Sheref Malkoch, Turkiya Respublikasi Bosh Ombudsmani – Inson huquqlarini ta`minlash borasida Turkiy tilli davlatlar o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun;

Nura bint Zaid al-Rashud, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Inson huquqlari bo`yicha mustaqil doimiy komissiyasi Kotibiyati ijrochi direktori, professor – IHTning Inson huquqlari bo`yicha mustaqil doimiy komissiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun;

Rashid Hamad Humaid Albalushi, Ummon sultonligining Inson huquqlari bo`yicha komissiyasi raisi – inson huquqlarini himoya qilish va ta`minlash sohasidagi xalqaro hamkorligi uchun;

Maryam bint Abdullah al-Attiya, Qatar davlati Inson huquqlari bo`yicha Milliy qo`mitasi raisi – inson huquqlarini himoya qilish va ta`minlash sohasidagi xalqaro hamkorligi uchun ushbu mukofot bilan taqdirlandilar.

Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishonini o`z sohiblariga tantanali ravishda topshirdi.

Qatarlik sovrindor hamkorimizning mukofotini Qatar davlati Inson huquqlari bo`yicha milliy qo`mitasi bosh kotibi Sulton bin Hasan al-Jamali qabul qilib oldi.

Ma`lumot uchun: “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishoni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2020 yilda ta`sis etilgan. Bundan maqsad – inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda katta hissa qo`shgan fuqarolar va tashkilotlarni moddiy va ma`naviy rag`batlantirish hamda taqdirlash, bu faoliyatni amalga oshirishda o`rnak bo`layotganlar namunasini, ularning tajribasini ommalashtirishdan iborat.

​Ko`krak nishoni bilan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi xizmati, inson huquqlarini targ`ib qilishdagi faolligi, inson huquqlari sohasidagi ta`lim, yoshlar o`rtasida inson huquqlarini himoya qilish an`analarini rivojlantirishga qo`shgan hissasi, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarni rivojlantirish va boshqarishdagi salmoqli yutuqlari, inson huquqlari sohasidagi samarali ilmiy faoliyati uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolari taqdirlanadi.

​“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar ham taqdirlanishi mumkin.

 

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar