Vengriyaning Wizz Air loukosteri qatorasiga ikkinchi yil dunyoning eng kechikuvchi aviakompaniyasi, deb topildi. Bu haqda The Independent nashri Britaniya fuqaro aviasiyasi boshqarmasi (Civil Aviation Authority, CAA) ma`lumotlariga asoslanib xabar berdi.
2023 yilda Wizz Air reyslari ushlanib qolishi Britaniyada o`rtacha 31 daqiqa va 36 soniyani tashkil etgan.
Tahlilda 2 500 dan ortiq reyslarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalarning Buyuk Britaniya aeroportlaridan amalga oshirilgan barcha muntazam va charter reyslari hisobga olingan. Bekor qilingan reyslar ko`zda tutilmagan. O`tgan yili barcha aviakompaniyalarning reyslari ushlanib qolishi o`rtacha 20 daqiqa va 42 soniyani tashkil etib, 23 daqiqali kechikishlar kuzatilgan 2022 yilga qaraganda yaxshilangan.
Wizz Air kompaniyasining Evropadagi arzon aviatashuvlar bo`yicha raqibi — Irlandiyaning Ryanair loukosteri nisbatan ancha punktual ishlashi ma`lum bo`ldi — o`rtacha 19 daqiqa va 54 soniya kechikish (14-o`rin).
2023 yilning eng ko`p kechikkan aviakompaniyalari (top-10)
- Wizz Air, Vengriya (reyslarning o`rtacha ushlanib qolishi 31 daqiqa va 36 soniya)
- Turkish Airlines, Turkiya (28 daqiqa 36 soniya)
- Tui, Buyuk Britaniya (28 daqiqa 24 soniya)
- Air India, Hindiston (28 daqiqa 12 soniya)
- Pegasus Airlines, Turkiya (25 daqiqa 6 soniya)
- Air Portugal, Portugaliya (23 daqiqa 48 soniya)
- Vueling Airlines, Ispaniya (23 daqiqa 6 soniya)
- Swiss Airlines, Shveysariya (22 daqiqa 48 soniya)
- Air Canada, Kanada (22 daqiqa 6 soniya)
- British Airways, Buyuk Britaniya (21 daqiqa 36 soniya).