Muhandislik yo`nalishlari bo`yicha “Eng yaxshi g`oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovi o`tkaziladi. Bu haqda Prezident ishtirlkidagi yig`ilishda ma`lum qilindi.
Tanlovda o`qituvchilar, talabalar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etishi mumkin bo`ladi. Birinchi o`ringa elektromobil beriladi.
Shuningdek, g`oya, loyiha va ixtiro muallifi bo`lgan eng zo`r 10 nafar ishtirokchi Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi.
Bu maqsadlar uchun har yili 15 milliard so`m ajratiladi.






