AsosiyJamiyat

Samarqandda yuk mashinasi pastlikka tushib ketib, yonib ketdi

'Samarqandda yuk mashinasi pastlikka tushib ketib, yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 20 iyun kuni soat 21:00 lar atrofida Kattaqo`rg`on tumani hududidan o`tuvchi M-37 avtomobil yo`lining 84- km.da "Navoiy-Samarqand-Buxoro" yo`nalishi bo`ylab harakatlanib kelayotgan yuk transport vositasida texnik nosozlik holati yuzaga kelgani sababli haydovchi rul boshqaruvini yo`qotib yo`lning o`ng chetki qismi pastlikga tushib ketishi oqibatida YTH sodir bo`lib transport vositasida yong`in yuzaga kelgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi xabar qilmoqda.

Yong`in FVB xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan.

Oqibatda tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo`q. Holat yuzasidan dastlabki surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar