Bugun, 21 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tegishli qarorlariga asosan, lavozimlarga tayinlangan va tasdiqlagan bir qator nomzodlar Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan hukumat a`zolariga tanishtirildi. O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot kotibi xabar berdi.
Xususan, Abduvaqqos Vohidovich Rafiqov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qo`mitasi raisi;
Azim Israilovich Axmedxadjaev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori;
Olimjon Muxamadjanovich Umarov Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o`rinbosari;
Jamshid Yunusovich Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo`llari qo`mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Amriddin Nasriddinovich Abduraxmonov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo`llari qo`mitasi raisining yo`l xo`jaligi sohasiga ilg`or xorijiy tajribalarni tatbiq etish va raqamlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlangani ma`lum qilindi.






