Ayni vaqtda zargarlik sohasida mavjud muammolar va ularning echimi bo`yicha takliflarni shakllantirish maqsadida ushbu yo`nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o`tkazilmoqda.
Unda Savdo-sanoat palatasi, biznes-ombudsman, “O`zmilliybank” hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.
19 iyun kuni Prezidentga zargarlik sanoatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimot qilingan edi. Tadbirkorlarning takliflari asosida tegishli qaror loyiha ishlab chiqilishi kutilmoqda.
Muloqotni jonli efirda kuzatib borish mumkin.
22.06.2024 11:19
Zargarlik bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv o`tkazilmoqda






