O`zgidromet haftalik ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, dushanba kuni O`zbekiston hududi bo`yicha biroz issiq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, havo harorati +32…+37, shimolda, janubda +40 darajagacha bo`ladi.
Tekislik hududlarning katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Seshanbadan to ish haftasining oxirigacha kechalari +20…+25, ba`zi joylarda +27 darajagacha, kunduz kunlari +35…+40 atrofida, janubda va cho`l hududlarda +42−43 darajagacha bo`ladi.
Ushbu kunlarda yog`ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy yo`nalishdagi shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 24 va 27−28 iyun kunlari ba`zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarda 24 iyunda kunduz kuni ba`zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg`ir yog`adi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtda bugun kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Harorat +34…+36 daraja issiq bo`ladi. Kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda shamol tezligi 10−12 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
25−28 iyunda yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +20…+25, kunduzi 25 iyunda +35…+37, 26−28 iyunda +37…+40 daraja issiq bo`ladi.






