Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan birgalikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o`tkazilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura xabar qildi.
Hududlarda o`tkazilgan tekshirishlarda qonun buzilishi holatlari aniqlanib, bir qator arxeologiya yodgorliklarini yo`qotilishi oldi olindi.
Xususan:
– Qashqadaryoda “Kofirtepa-2” (VII – XIII asrga oid) yodgorligining 2,4 m3, “Beshteraktepa”ning (IX – XII) 6 m3 hamda “Xontepa”ning (XI – XIII) 189 m3 qismi uy-joy;
– Jizzaxda “Tomoshotepa-2” (IV – V) yodgorligining 14 m3 qismi xojatxona hamda “Qoratepa”ning (V – VI) 30 m3 qismi issiqxona;
– Sirdaryoda “Hashartepa” (IX – XII) yodgorligining 6,4 m3 qismi xojatxona va xammom;
– Navoiyda “G`azg`ontepa” yodgorligining 16 m3 qismi mobil kompaniya antennasi, “Nonvoylartepa-2”ning 5,3 m3, “Kaltepa”ning (V – VIII) 23 m3 hamda “Yasiltepa”ning (III – XI) 20 m3 qismi xo`jalik inshootlari;
– Toshkent viloyatida “Nomsiztepa-1” yodgorligining 15 m3 qismi xojatxona, “Nomsiztepa-2”ning 1,92 m3 qismi issiqxona qurish uchun qisman buzilgan.
Yuqoridagi jami 12 ta yodgorlikka 8,3 mlrd. so`mlik zarar etkazilgani aniqlanib, jinoyat ishlari qo`zg`atildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.






