AsosiyDunyo

Xitoy Tayvanni kuch ishlatmasdan egallashi mumkin — Tahlilchilar

'Xitoy Tayvanni kuch ishlatmasdan egallashi mumkin — Tahlilchilar'ning rasmi

Vashington strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi tahlilchilarining yangi tadqiqotiga ko`ra, Pekin “huquqni muhofaza qilish amaliyoti” e`lon qilishi va orol portlariga kirishni qisman yoki butunlay cheklab qo`yishi mumkin. Bu Tayvanning iqtisodiy blokadasiga olib keladi. Buning uchun Xitoyda zarur kuchlar - ulkan qirg`oq qo`riqlash floti mavjud, deya yozmoqda “zamon.uz”.

Bundan tashqari, bunday harakatlar blokada yoki urush harakati deb hisoblanmaydi va agar AQSh vaziyatga aralashsa, harbiy harakatlar tashabbuskori sifatida ko`rib chiqilishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, Tayvanning tashqi savdoga qaramligi ortib borayotganini hisobga olinsa, bunday ssenariy Xitoy uchun samarali bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar