AsosiyJamiyat

Uchta hududda “prava” olib bermoqchi bo`lganlar qo`lga tushdi

'Uchta hududda “prava” olib bermoqchi bo`lganlar qo`lga tushdi'ning rasmi

Haydovchilik guvohnomalarini olib berishini va`da qilgan firibgarlar ushlandi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament. 

Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda “A.v.” MChJ avtomaktabi rahbari Z.M. fuqaro Sh.J.ning ishonchiga kirib, go`yoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida Sh.J. va uning turmush o`rtog`iga haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. fuqaro A.Q.ga 1 300 AQSh dollari evaziga o`quv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishini va`da qilib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Samarqand tuman bo`limi va IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar U.T. va Sh.A. fuqaro M.A.ga tanishlari yordamida 1 000 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishlarini aytib, shundan 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.


 

 

    Boshqa yangiliklar