AsosiyDunyo

Prezident topshirig`iga ko`ra Abdulla Aripov boshchiligidagi delegasiya Urumchiga bordi

'Prezident topshirig`iga ko`ra Abdulla Aripov boshchiligidagi delegasiya Urumchiga bordi'ning rasmi

Xitoyning Urumchi shahrida 26–30 iyun kunlari EKSPO “Xitoy-Evrosiyo” sakkizinchi xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tadi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.

Mazkur EKSPOda faxriy mehmon sifatida Qirg`iziston bosh vaziri, Qozog`iston bosh vazirining o`rinbosari, shuningdek, 40 dan ortiq xorijiy hukumatlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga asosan, bosh vazir boshchiligidagi O`zbekiston hukumati delegasiyasi mazkur tadbirda qatnashish uchun Urumchi shahriga tashrif buyurdi.

Bugun, 25 iyun kuni Urumchi shahriga tashrif doirasida bosh vazir Abdulla Aripov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo`mitasi siyosiy byurosi a`zosi, Shinjon-Uyg`ur avtonom rayoni Partqo`mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligida ikki tomonlama uchrashuv o`tkazildi, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar