O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 iyun kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo`lib turgan Rossiya Federasiyasi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari yaqinda Dog`istonda sodir etilgan terrorchilik xuruji oqibatida halok bo`lgan huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining oila a`zolariga hamdardlik va dalda so`zlarini bildirdi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi ko`rib chiqildi.
Terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, kiberxavfsizlik va raqamli ekspertiza sohalaridagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Migrasiya sohasida hamkorlik mexanizmlarining samaradorligini oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.






