AsosiyJamiyat

Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etiladi

'Tarbiya pedagogikasi milliy institutini  tashkil etiladi'ning rasmi

“Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-232-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 Qarorga ko`ra, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etiladi. 

Institut yangi tarbiya metodikalarini yaratish va amaliyotga joriy qilish bo`yicha oliy ta`limdan keyingi ta`limni amalga oshiruvchi davlat muassasasi hisoblanadi hamda tarbiya sohasini takomillashtirishga oid ilmiy asoslantirilgan istiqbolli takliflar ishlab chiqadi.

Institut huzurida “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta`limotlar tarixi”, “Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” hamda “Ijtimoiy pedagogika” ixtisosliklari bo`yicha ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

 2025/2026 o`quv yilidan umumiy o`rta ta`lim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich jahonda tan olingan ijtimoiy-emosional ta`lim(Social and Emotional Learning – SEL) metodikalarini joriy qilinadi.

Tarbiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi  faoliyati tashkil etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar