AsosiyDunyo

G`azoda HAMAS guruhi bilan jangning shiddatli bosqichi nihoyasiga etmoqda

'G`azoda HAMAS guruhi bilan jangning shiddatli bosqichi nihoyasiga etmoqda'ning rasmi

G`azoda HAMAS guruhi bilan jangning shiddatli bosqichi nihoyasiga etmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

"Bu urush tugaydi degani emas, ammo hozirgi bosqichdagi urush Rafahda tugaydi. Bu haqiqat", — dedi u 14-kanal jurnalistlariga.

Bosh vazir, shuningdek, G`azoda asirga olingan garovdagilarni qaytarish bo`yicha HAMAS bilan "qisman kelishish"ga tayyor ekanini aytdi, biroq urush HAMAS yo`q qilinmaguncha davom etishini yana bir bor ta`kidladi.

Netanyahuning aytishicha, G`azodagi shiddatli janglar tugagach, Isroil so`nggi haftalarda “Hizbulloh” bilan janglar avj olgan Livan bilan shimoliy chegarasiga qo`shimcha kuchlarni joylashtirishi mumkin.

"Biz buni, birinchi navbatda, mudofaa maqsadida, ikkinchidan, fuqarolarimizni uylariga qaytarish uchun qilamiz. Agar buni siyosiy jihatdan qila olsak, ajoyib bo`lar edi. Agar bunday bo`lmasa, biz boshqacha yo`l tutamiz, lekin biz hammani — shimol va janubning barcha aholisini uyiga qaytaramiz", — deya qo`shimcha qildi Netanyahu.

 

    Boshqa yangiliklar