AsosiyJamiyat

Sherbek Buranov nomzodi Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

'Sherbek Buranov nomzodi Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi'ning rasmi

Narpay tumanida o`tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rildi.

2020 yildan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Raxmanov Sherzod Shuxratovich boshqa ishga o`tayotganligi bois tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Buranov Sherbek Erkinovich nomzodi Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sherbek Buranov 1985 yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug`ilgan. 2003 yildan boshlab bank tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2021 yildan buyon O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo`mitasining a`zosi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar