AsosiyJamiyat

Metroda sovitish tizimi ishlamay qoldimi?

'Metroda sovitish tizimi ishlamay qoldimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda metropolitenning er usti yo`nalishidagi harakat tarkiblarida sovitish tizimi ishlamayotgani haqida xabarlar joylanmoqda. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, “Er usti xalqa yo`li” yo`nalishida harakatlanayotgan harakat tarkiblarining sovitish tizimi bilan bog`liq kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzilgan. Ishchi guruh tarkibiga Rossiya Federasiyasidan ham 15 dan ziyod soha mutaxassislari jalb etilgan. Ushbu mutaxassislar tomonidan doimiy ravishda tizimli ta`mirlash va tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda “Er usti xalqa yo`li” yo`nalishida 10 ta harakat tarkibi harakatlanmoqda va shundan 8 tasi joriy yilda xarid qilingan poezdlar bo`lib, ularning sovitish tizimi havo harorati +50 daraja issiqqacha belgilangan norma bo`yicha ishlash imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, yana boshqa mavjud 2 ta harakat tarkiblari o`tgan yillar davomida olib kelingan bo`lib, asosan erosti metro bekatlarida harakatlanishiga mo`ljallangan hamda ularning sovitish tizimi harorat +40 darajagacha bo`lgan issiqda ishlashga mo`ljallangan.

Shu sababli jalb etilgan malakali mutaxassislar tomonidan bu harakat tarkiblarining sovitish tizimlarining uskunalari modernizasiya qilinmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida yuzaga kelayotgan bu kabi kamchiliklar yaqin kunlar ichida to`liqligicha bartaraf etilishi ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar