AsosiyJamiyat

“Har bir fuqaro uchun – bir daraxt” ko`rik-tanlovi tashkil etiladi

'“Har bir fuqaro uchun – bir daraxt” ko`rik-tanlovi tashkil etiladi'ning rasmi

“Iqlim o`zgarishiga nisbatan barqaror agroekotizimni yaratish hamda qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarning iqlim o`zgarishi bilan bog`liq xavflarga moslashuvchanligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-233-son, 24.06.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

️Qarorga ko`ra, Oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash doirasida sohaning iqlim o`zgarishiga moslashishi va uning iqlimga salbiy ta`sirini yumshatish, qurg`oqchilik va erlar degradasiyasiga qarshi kurashish, yaylovlar bioxilmaxilligini saqlash (qayta tiklash), yangi innovasion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda sohaga keng joriy qilish bo`yicha amalga oshiriladigan tadbirlarga Qishloq xo`jaligi vazirligi mas`ul etib belgilandi.

Qishloq xo`jaligini iqlim o`zgarishiga moslashtirish va sohaning iqlimga salbiy ta`sirini yumshatish bo`yicha milliy dastur (Milliy dastur) tasdiqlandi.

 Iqlim o`zgarishiga bog`liq bo`lgan hududlarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali tashkil etish Milliy dasturning ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida belgilandi.

 “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish hamda himoya o`rmonlari (ihota) barpo etish doirasida:

  • cho`l, tog`li va tog` oldi hududlarda cho`llanish va qum ko`chishi, tuproqning suv va shamol eroziyasining oldini olish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida himoya o`rmonlari (ihota) barpo etiladi;

 

  • dala chetlari, yaylovlar va ochiq er maydonlarini madaniy ekinlar, butalar, galofitlar va cho`l o`simliklari bilan qoplashning foydali tomonlari to`g`risida tashabbuskorlarga ko`rgazmali seminarlar tashkil qilinadi.

2024 yil yakunigacha qishloq xo`jaligida iqlim o`zgarishlarini monitoring qilish, hisobotini yuritish va tasdiqlash global tizimi doirasida milliy platforma joriy qilinadi.

 “Har bir fuqaro uchun – bir daraxt” tamoyili asosida ko`rik-tanlov tashkil etiladi va uni respublikada ommalashtirish choralari ko`riladi.


 

    Boshqa yangiliklar