1

Toshkentda narkotik moddalar bilan bog`liq jinoyatlarning har ikkinchisi yoshlar tomonidan sodir etilmoqda

Jamiyat 26.06.2024, 18:03
Toshkentda narkotik moddalar bilan bog`liq jinoyatlarning har ikkinchisi yoshlar tomonidan sodir etilmoqda

Narkotik moddalar savdosi bilan qo`lga tushganlar orasida yoshlarning ulushi ortib bormloqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi ma`lumotlarida keltiriladi.

Ma`lum qilinishicha, 2023 yilda sud idoralari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga oid 5 519 ta jinoyat ishi ko`rib chiqilgan va 6 264 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Mazkur shaxslarning esa 28,1 foizini, ya`ni 1 758 nafarini yoshlar tashkil qiladi.

2018 yilda bu boradagi ko`rsatkich 19,1 foizni (3 691 tadan 705 tasi), 2019 yilda 22,6 foizni (3 472 tadan 784 ta), 2020 yilda 24,8 foizni (3 977 tadan 987 ta), 2021 yilda 21,6 foizni (4 254 tadan 920 ta) va 2022 yilda 25,3 foizni (4 254 tadan 920 ta) tashkil etgan.

Bundan tashqari, Toshkent shahrida qayd etilgan ko`rsatkich 55,5 foizni (1 309 tadan 727 ta) tashkil etgan. Bu degani poytaxtda narkotik moddalar bilan bog`liq jinoyatlarning har ikkinchisi yoshlar tomonidan sodir etilayotganligidan dalolat bermoqda.

Ma`lumot uchun, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasidan 2023 yilda jami 10 tn 370,8 kg miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1