Qozog`istonning Olmaota shahrida 26 iyun kuni yo`lovchilari bo`lgan avtobus yo`l-transport hodisasiga uchradi. Hodisa oqibatida 16 nafar yo`lovchi tan jarohati olgan, bir nafari voqea joyida vafot etgan. Bu haqda “Tengri news” xabar berdi.
Polisiyaning aniqlik kiritishicha, yo`l-transport hodisasi soat 14:20 da Olmali tumanida sodir bo`lgan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Kia rusumli avtomobil haydovchisi Makataev ko`chasidan o`tayotib 18-raqamli yo`lovchi avtobusi bilan to`qnashib ketgan. Natijada avtobus to`siqqa borib urilgan. Yo`l-transport hodisasi oqibatida 16 nafar yo`lovchi tibbiy yordam so`rab murojaat qilgan, yana bir yo`lovchi hodisa joyida vafot etgan, — deydi Olmaota shahar polisiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Avtohalokat yuzasidan jinoiy ish ochilgan, tegishli ekspertiza tayinlangan.