1

Yangi gospital maktab Toshkent, Nukus, Andijon va Farg`onadan keyin respublikada beshinchi bo`lib ish boshladi

Jamiyat 27.06.2024, 19:38
Yangi gospital maktab Toshkent, Nukus, Andijon va Farg`onadan keyin respublikada beshinchi bo`lib ish boshladi

Ziroat Mirziyoeva Samarqand viloyati ko`p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida ochilgan "Mehrli maktab" gospital maktabi filiali o`quvchilarini borib ko`rdi. 

Yangi gospital maktab Toshkent, Nukus, Andijon va Farg`onadan keyin respublikada beshinchi bo`lib, unda uzoq vaqt davolanayotgan bolalar bilan ishlash uchun zarur tayyorgarlikdan o`tgan pedagoglar, psixologlar va tarbiyachilar ish boshladilar.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi "Mehrli maktab"da yaratilgan qulay ta`lim muhitini qayd etib, bolalar bilan dildan suhbatlashdi va o`quvchilar bilan rivojlantiruvchi moslashuv mashg`ulotlarida qatnashib, pedagoglarga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1