1

Sirdaryoda suv ta`minoti xodimlari gazdan zaharlangani bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 28.06.2024, 14:15
Sirdaryoda suv ta`minoti xodimlari gazdan zaharlangani bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi

Avvalroq, Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi suv stansiyasida 3 kishi gazdan zaharlangani, ulardan bir nafari vafot etgani haqida xabar bergan edik. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilganini ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, holat shaharning "Bog`ishamol" MFY Guliston ko`chasida joylashgan 5-oqava suv haydash nasos stansiyasida sodir bo`lgan. “Sirdaryo viloyati suv ta`minoti” kompaniyasining 3 nafar xodimi tozalash kamerasidan o`tgan suv quvuriga tushgan vaqtda chiqindilardan chiqqan gazdan zaharlangan. Ulardan biri vafot etgan, 2 nafari o`ta og`ir ahvolda jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismining tegishli bandlari (Odam o`lishiga sabab bo`lgan transportni ta`mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1