1

Dunyoda 1,8 milliard kishi kamharakatlikdan aziyat chekmoqda

Dunyo 28.06.2024, 22:21
Dunyoda 1,8 milliard kishi kamharakatlikdan aziyat chekmoqda

JSST tomonidan 2022 yili bu borada o`tkazilgan tadqiqot natijalari yaqinda Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Lancet” tibbiy jurnalida e`lon qilindi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2010-2022 yillar oralig`ida kattalar o`rtasida jismoniy faollik darajasi 5 foiz pasaygan. Agar bu tendensiya davom etsa, 2030 yilgacha kamharakatlik ko`rsatkichi 35 foizgacha oshishi mumkin.

Hozir bu borada eng murakkab vaziyat Osiyo-Tinch okeani mintaqalari (48 foiz) va Janubiy Osiyo (45 foiz)da kuzatilyapti.

 Jismoniy faollik susayishi ayollar orasida ko`proq qayd etilmoqda. Qolaversa, 60 yoshdan oshganlar bu muammo bilan tez-tez ro`baro` kelishyapti.

Shunga qaramay, ijobiy natijalar ham bor. Tadqiqotda aniqlanishicha, keyingi o`n yil ichida dunyo davlatlarining deyarli yarmi bu yo`nalishda ma`lum yutuqlarga ham erishgan.

Mazkur an`ana shunday davom etsa, 2030 yilga kelib, 22 mamlakat kamharakatlik darajasini 15 foizga qisqartirishga erisha oladi.

Shundan kelib chiqib, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti haftasiga 150 daqiqa o`rtacha intensivlikdagi jismoniy faoh


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1