1

O`zbekistonning Shvesiyadagi elchisi lavozimidan ozod etildi

Jamiyat 29.06.2024, 11:51
O`zbekistonning Shvesiyadagi elchisi lavozimidan ozod etildi

Nodir G`aniev Majlisi Senati kengashining qarori bilan Nodir G`aniev — O`zbekistonning Shvesiyadagi favqulodda vagʻ muxtor elchisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Nodir G`aniev 2023 yil oktyabrda Stokgolmda O`zbekistonning Shvesiyadagi birinchi elchisi sifatida o`z vazifasini bajarishga kirishgan edi.

U avval O`zbekistonning ushbu davlatdagi muvaqqat ishlar vakili sifatida ishlagan. O`zbekistonning Stokgolmdagi diplomatik vakolatxonasi 2022 yilda ochilgan va mamlakatning xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi hisoblanadi.

Nodir G`aniev Toshkent davlat universiteti (hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparat va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Shvesiyaga jo`nab ketishidan oldin u TIVning Evropa davlatlari va Evropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat olib borgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1