1

Antoniu Guterrish "Oliy Darajali Do`stlik" ordeni bilan taqdirlandi

Jamiyat 01.07.2024, 18:22
Antoniu Guterrish "Oliy Darajali Do`stlik" ordeni bilan taqdirlandi

Ko`ksaroy qarorgohida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga jahonda hamjihatlik va birdamlikni faol ilgari surish, tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, mamlakatimiz va BMT o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun O`zbekistonning oliy davlat mukofotlaridan biri - "Oliy Darajali Do`stlik" ordenini tantanali topshirish marosimi bo`lib o`tdi.

Davlatimiz rahbari mukofotni topshirar ekan, A.Guterrishning O`zbekiston va BMT o`rtasidagi hamkorlikning bugungi yuksak darajaga etishiga qo`shgan shaxsiy hissasini alohida e`tirof etdi.

Bosh kotib O`zbekistonda amalga oshirilayotgan global va mintaqaviy ahamiyatga molik keng ko`lamli islohotlar va tashabbuslarni, shuningdek, BMT institutlarining respublikamizdagi faoliyati kengayishini har tomonlama qo`llab-quvvatlayotgani ta`kidlandi.

BMT rahbarining xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, global boshqaruv institutlarini isloh qilish, Barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surish, iqlim o`zgarishiga qarshi kurashish, "yashil" va raqamli taraqqiyot, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta`minlash borasidagi ko`p yillik sa`y-harakatlari qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1