Muhokamalar portaliga Sog`liqni saqlash vazirligining buyrug`i loyihasi qo`yildi.
Loyihaga ko`ra, yo`l-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga ko`rsatiladigan tibbiy yordam hodisa yuz bergan joyning o`zida tibbiyot xodimlari etib kelguniga qadar birlamchi shoshilinch yordam (birinchi tibbiy yordam) ko`rsatish tartibi tasdiqlanmoqda.
Agar buyruq tasdiqlansa, O`zbekiston Respublikasi hududida yo`l-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga yagona birinchi tibbiy yordam ko`rsatish tartibi joriy etiladi.
Birinchi tibbiy yordam ko`rsatadigan shaxslarning "maxsus tayyorgarlikdan o`tgan bo`lishi" sharti kiritilmoqda.
Buyruq loyihasiga ko`ra, "maxsus tayyorgarlikdan o`tishi zarur" bo`lganlarga quyidagilar:
- ichki ishlar xodimlari;
- harbiy xizmatchilar;
- milliy gvardiya xodimlari;
- favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari;
- avtotransport haydovchilik guvohnomalari mavjud shaxslar kiritilmoqda.
Buyruq kuchga kirsa, haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lganlardan birinchi tibbiy yordam ko`rsatilishi kerak bo`lgan holatlar uchun "maxsus tayyorgarlik"dan o`tganlik haqidagi hujjat so`ralishi mumkin.