1

Bu yilgi yoz chillasida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Jamiyat 01.07.2024, 21:29
Bu yilgi yoz chillasida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Iyul – yoz faslining eng qizg`in davri bo`lgani uchun O`zbekistonda iyul oyida eng yuqori havo haroratlari kuzatiladi.

Mutaxassislarning qayd etishlaricha, iyul oyining o`rtacha maksimal harorati (yoki iqlimiy me`yor) respublika hududining katta qismida 35-37 daraja, janubda va cho`l hududlarda 38-40 darajani tashkil etadi. Ammo, deyarli har yili iyul oyida havo harorati 39-41 darajagacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 43-45 darajagacha bo`lgan juda issiq davrlar kuzatiladi, eng issiq yillarda esa bundan ham yuqori bo`lgan.

So`nggi 10 yil ichida (2014-2023 yy.) 7 ta iyul oylari meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq o`ntalik qatoriga kirdi. 

2014 yil iyul oyi iqlimiy me`yordan sovuqroq, 2016 va 2020 yillarning iyul oylari me`yordan biroz issiqroq bo`ldi.

Respublika hududining katta qismida meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun 2019 yil iyul oyi eng issiq bo`ldi. Misol uchun, Toshkent shahrida 
14 kun davomida maksimal havo harorati ketma-ket 40 darajadan yuqori bo`lib, eng issiq kunlarda esa 43 darajagacha etdi.

O`zbekistonning shimoliy hududlarida 2018 yil iyul oyi, eng chekka janubda esa 2021 yil iyul oyi eng issiq bo`ldi.

Yuqorida qayd etilgan yillarda maksimal havo harorati 41-43 darajaga, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 44-45 darajaga etdi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda havo haroratining tarixiy maksimumi 46-48 daraja bo`ldi.

Respublikaning qolgan hududlarida boshqa yillarda ham maksimal haroratning mutlaq rekordlari o`rnatildi. 

Shunday qilib, Toshkentda rekord havo harorati hali ham 44,6 darajani tashkil etadi, bu 1997 yil iyul oyida qayd etildi.

O`zbekiston hududi bo`yicha eng yuqori iyul oyi harorati barcha kuzatuv yillari uchun Qizilqum cho`lida qayd etildi. Ushbu hududda 1983 yil iyul oyida havo harorati 50 darajaga etdi.

Eslatib o`tamiz, harorat rekordlari va ularga yaqin qiymatlar juda kamdan-kam hollarda faqat eng issiq iyul oylarida kuzatiladigan alohida holatlardir.

Iyul oyida yomg`ir juda kamdan-kam hollarda yog`adi, chunki bu yilning eng quruq oylaridan biridir. O`rtacha ko`p yillik davr uchun hududning katta qismida 1-2 kun, ba`zi joylarda 3-4 kungacha yomg`ir kuzatiladi. Odatda, iyul yomg`irlari mahalliy xususiyatga ega bo`lib, juda qisqa bo`ladi.

Farg`ona vodiysi va respublikaning tog`li hududlarida yomg`ir ko`proq– oyda o`rtacha 6-9 kungacha yog`adi. Bu hududlarda iyul oyida hali ham sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kuzatiladi.

Bu yil yoz faslining o`rtasi qanday bo`ladi? 

O`zgidromet prognoziga ko`ra, iyul oyi qulay sharoitlardan boshlanadi, 1-3 iyul kunlari havo harorati 31-36 daraja atrofida, janubda 38-40 darajagacha bo`ladi.

Iyul oyi harorat tartibi bo`yicha me`yorga yaqin bo`lishi kutilmoqda. Oyning katta qismida havo harorati 35-40 daraja atrofida, janubda va cho`l hududlarda 41-43 darajagacha bo`ladi. Faqat ayrim kunlarda harorat bu qiymatlardan 2-3o ga yuqori bo`lishi mumkin.

O`zbekiston hududining katta qismida o`rtacha 40 daraja va undan yuqori haroratli iyul oyida juda issiq kunlar soni 2 kundan 5 kungachani, shimolda 6-8 kunni, janubda va cho`l hududlarda 12-15 kunni tashkil eadi. So`nggi yillarda bunday issiq kunlar sonining ko`payishi tendensiyasi kuzatilmoqda.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarda, asosan tog` oldi va tog`li hududlarda iyul oyining ayrim kunlarida mahalliy xususiyatga ega bo`lgan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi va momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1