Turkiyaning Izmir shahridagi restoranlarning birida gaz balloni portlashi oqibatida yong`in yuz berdi. Bu haqida mahalliy nashrlarga tayanib zamon.uz xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, hodisa oqibatida 5 kishi halok bo`lgan va 63 kishi yaralangan. Shuningdek, restoran atrofidagi 11 ta binoga zarar etgan.
Hozirda voqea yuzasidan prokuratura tomonidan tergov boshlangan.