O`zbekistonda ikki oyda qancha oilaviy bog`cha tashkil etilganligi ma`lui qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi ma`lumot berdi.
Ushbu muddatda mamlakatda umumiy hisobda 1 155 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi tashkil etilgan. Eng ko`p bog`cha Namangan viloyatida ochilgan – 206 ta. Farg`ona viloyatida 189 ta, Samarqand viloyatida esa 141 ta oilaviy bog`cha tashkil etilgan.
Bu muddat ichida eng kam oilaviy bog`cha tashkil etilgan hudud esa Qashqadaryo viloyati – 21 ta. Xorazm viloyatida 22 ta, aholi nisbatan kam yashaydigan hududlar – Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida mos ravishda 37 ta va 63 ta oilaviy bog`cha ochilgan.
Tumanlar kesimida Namangan viloyatining To`raqo`rg`on va Uychi tumanlari etakchilik qilgan: ushbu hududlarda mos ravishda 36 ta va 35 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi tashkil etilgan.






